Abstract
Ushbu maqolada inson ichki dunyosini ifodalovchi muhim emotsional konseptlardan biri — muhabbat konseptining lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda konsept tushunchasining zamonaviy tilshunoslikdagi talqini, muhabbat konseptining emotsional, axloqiy va estetik mazmuni hamda uning badiiy matnda voqelanish shakllari yoritiladi. Asosiy e’tibor Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasida sevgi, ishq, mehr, qalb, yurak kabi birliklarning semantik-pragmatik vazifalariga qaratiladi. Tahlil natijalari muhabbat konsepti o‘zbek badiiy tafakkurida ruhiy, umumiy-falsafiy va jismoniy ma’nolar tizimida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 World Conference on Social Sciences, Law and Public Policy
