Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslarida savol-topshiriqlar tizimi orqali matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish muammosi tahlil qilinadi. Maqolada savolning oddiy nazorat vositasi emas, balki o‘quvchini matn bilan muloqotga kirita oladigan, dalil izlashga, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlashga, qahramon xatti-harakatini baholashga, matndan tashqari xulosa chiqarishga va mustaqil fikr bildirishga undaydigan didaktik mexanizm ekanligi asoslanadi. Tadqiqotda reproduktiv, izohli, tahliliy, muammoli, inferensial va ijodiy savollar tizimi ajratib ko‘rsatildi. Savol-topshiriqlarni bosqichli, mezonli va kompetensiyaga yo‘naltirilgan tarzda tuzish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish motivatsiyasi, nutqiy faollik, semantik xotira va mantiqiy fikrlashni kuchaytirishi aniqlanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
