Abstract
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va o‘rta sinflarida fonetika bo‘limini o‘qitishda interfaol usullarni qo‘llashning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbekistonlik olimlarning so‘nggi yillardagi ilmiy ishlari, xususan, fonetik o‘yinlar va an’anaviy o‘qitish usullarini qiyosiy tahlil etuvchi eksperimental tadqiqotlar natijalariga tayaniladi. Maqolada “Venn diagrammasi”, “Klaster” kabi grafik organayzerlar, fonetik o‘yinlar, texnologiya vositalari va nutqiy mashqlarning integratsiyalashgan holda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Muallif interfaol metodlarning o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, darsga bo‘lgan motivatsiyani oshirish va fonetik bilimlarni mustahkamlashdagi samaradorligini ilmiy asoslab beradi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
